Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 12–15-betlar
MAXSUS KIYIMLARGA TANLANGAN MATOLAR VA ULARNING TAHLILI
Mamadaliyeva, Zuxra
DOI: 10.5281/zenodo.21786241 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada maxsus kiyimlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan ip gazlamalari va ularning tahlili yoritilgan. Maqolada an’anaviy paxta tolasi bilan birga viskoza, lavsan, nitron hamda kapron tolalari aralashmasidan tayyorlangan gazlamalarning xossalari, tuzilishi va texnologik Afzalliklari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, diagonal (sarja) hamda polotno o‘rilishdagi matolar, xususan gabardin matosining tuzilish xususiyatlari, chiziqli va yuza zichligi, gigiyenik (gigroskopiklik, havo o‘tkazuvchanlik) hamda fizik-mexanik (mustahkamlik, ishqalanishga va g‘ijimlanishga chidamlilik) ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Matolarning to‘quv jarayonidagi texnologik qulayliklari hamda ularning maxsus kiyimlar tayyorlashdagi o‘rni asoslab berilgan.
Maxsus kiyim, ip gazlamalari, paxta tolasi, aralash tolalar, sarja o‘rilishi, gabardin, chiziqli zichlik, gigiyenik xossalar, fizik-mexanik ko‘rsatkichlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.