Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 37–40-betlar
RAQOBATLI NAV SINOVI KO‘CHATZORIDA MAHALLIY VA XORIJIY KUZGI YUMSHOQ BUG‘DOY NAV VA TIZMALARI DONINING TEXNOLOGIK SIFAT KO‘RSATKICHLARI
Siddiqov, R.I., Uzakov, F.E.
DOI: 10.5281/zenodo.21833771 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda nazorat ko‘chatzorida yuqori natijalarni namoyon qilgan mahalliy va xorijiy kuzgi yumshoq bug‘doy nav va tizmalarining raqobatli nav sinovi ko‘chatzorida donning texnologik sifat ko‘rsatkichlari baholandi. Tadqiqotning maqsadi yuqori hosildorlik bilan bir qatorda yuqori nonboplik sifatlariga ega bo‘lgan istiqbolli genotiplarni aniqlash hamda ularning texnologik xususiyatlarini standart navlar bilan qiyosiy baholashdan iborat bo‘ldi. Don naturasi, shaffoflik, kleykovina miqdori, oqsil miqdori, IDK ko‘rsatkichi va kleykovina sifati bo‘yicha tahlillar olib borildi. Natijalarga ko‘ra don naturasi 715–805 g/l, shaffoflik 46,7–68,1 %, kleykovina miqdori 26,0–31,7 %, oqsil miqdori 13,0–14,8 %, IDK ko‘rsatkichi 70–115 birlik oralig‘ida o‘zgardi. Kompleks baholash natijalariga ko‘ra KN-5224 (Grat), Shkola, Axmad va KN-4035 nav hamda tizmalari texnologik sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha standart navlar darajasida yoki undan yuqori natijalarni qayd etdi. Ayniqsa, KN-5224 (Grat) yuqori kleykovina miqdori, oqsil miqdori va I sinf kleykovina sifati bilan ajralib turdi. Olingan natijalar ushbu genotiplarni yuqori nonboplik xususiyatlariga ega yangi navlarni yaratishda qimmatli seleksion manba sifatida tavsiya qilish imkonini beradi.
kuzgi yumshoq bug‘doy, raqobatli nav sinovi, don sifati, don naturasi, shaffoflik, kleykovina, oqsil, IDK, nonboplik, seleksiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.