Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 70–72-betlar

TEMIR YOʻL TRANSPORTIDA YASHIL IQTISODIYOT TAMOYILLARINI JORIY ETISH ASOSIDA BARQAROR RIVOJLANISHNI TAʼMINLASH

Usmonov, Shermuhammad

DOI: 10.5281/zenodo.21838776 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda temir yoʻl transporti korxonalarida yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishning tashkiliy-iqtisodiy va texnologik asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida transport tizimining ekologik barqarorligini taʼminlash, energiya resurslaridan samarali foydalanish, uglerod chiqindilarini kamaytirish hamda innovatsion ekologik texnologiyalarni boshqaruv jarayonlariga integratsiya qilish masalalari tahlil qilindi. Temir yoʻl transportining iqtisodiy samaradorligi bilan ekologik masʼuliyat o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida yashil transformatsiyaning ustuvor yo‘nalishlari shakllantirildi. Tadqiqot natijasida temir yo‘l korxonalarida energiya samaradorligini boshqarish, ekologik monitoring va raqamli texnologiyalarga asoslangan yashil boshqaruv modeli taklif etildi. Mazkur model transport korxonalarining ekspluatatsion xarajatlarini kamaytirish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash imkonini beradi.

yashil iqtisodiyot, temir yo‘l transporti, barqaror rivojlanish, dekarbonizatsiya, energiya samaradorligi, ekologik boshqaruv, raqamli monitoring, qayta tiklanuvchi energiya, uglerod izi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.