Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 38–41-betlar
SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA MAKTAB RAHBARLARINING MA’LUMOTLARGA TAYANGAN BOSHQARUV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Esanov, Avazbek
DOI: 10.5281/zenodo.21889608 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish asosida maktab rahbarlarining ma’lumotlarga tayangan boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Maktab boshqaruvida sun’iy intellektni qo‘llash strategik rejalashtirish, o‘quv natijalarini monitoring qilish, pedagoglar faoliyatini muvofiqlashtirish, resurslarni taqsimlash, ota-onalar bilan kommunikatsiya va boshqaruv qarorlarini dalillarga tayangan holda qabul qilish imkoniyatlari bilan izohlanadi. Muallif ma’lumotlarga tayangan boshqaruv kompetensiyasini analitik, strategik-prognostik, AI-operatsion, kommunikativ, etik-huquqiy va refleksiv komponentlarning integrativ birligi sifatida talqin qiladi. Mazkur kompetensiyani rivojlantirishning diagnostika, boshqaruv keyslarini modellashtirish, AI vositalaridan nazoratli foydalanish va natijalarni refleksiv baholashga asoslangan bosqichli mexanizmi taklif etiladi. Sun’iy intellekt maktab rahbarining kasbiy hukmini almashtiruvchi vosita emas, balki qarorlarni axborot bilan qo‘llab-quvvatlovchi yordamchi mexanizm bo‘lishi lozimligi asoslanadi.
maktab rahbari, boshqaruv kompetensiyasi, sun’iy intellekt, raqamli liderlik, ma’lumotlarga tayangan qaror, ta’lim menejmenti, raqamli transformatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.