Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 57–63-betlar

IQTISODIY JINOYATLARNI ANIQLASHDA TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV MATERIALLARINING MAQBULLIK MASALASI

Inomjonova, Durtdonaxon

DOI: 10.5281/zenodo.21913020 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Bugungi kunda soat sayin oshib borayotgan iqtisodiy jinoyatlar nafaqat davlat byudjetida ildiz otgan muammolardan biri, balki iqtisodiy taraqqiyot va strategik rivojlanishning kushandasi hamdir. Biroq huquqiy davlat qurilishining hozirgi bosqichida ushbu jinoiy qilmishlarni toʻgʻri malakalash nafaqat qilmishga munosib jazo tayinlash uchun, balki uni boshqa huquqiy munosabatlar turidan aniq ajratib olish uchun ham eng muhim shart hisoblanadi, chunki aybi qonuniy va maqbul dalillar bilan isbotlangan har qanday qilmish jazoga tortilishi muqarrar boʻlsa, aybning mavjud emasligi yoki uni lozim darajada qonuniy hamda maqbul yoʻllar bilan aniqlashtirmaslik reabilitatsiya uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Bu, oʻz navbatida, tergovga qadar tekshiruv harakatlarining ahamiyatini yana bir bor isbotlaydi, zero, aynan ushbu harakatlar orqali yigʻilgan maʼlumotlar mavjud munosabatning jinoiy qilmish ekanligini tasdiqlovchi yoki, aksincha, uni istisno qiluvchi dalillar yigʻindisini shakllantiradi. Ushbu maqolada tergovga qadar tekshiruv materiallarining huquqiy tabiati, ularning dalil sifatidagi maqomi, maqbullik mezonlari, shuningdek amaldagi qonunchilikdagi muvofiqlashtirilmagan qoidalar va amaliyotdagi muammolar iqtisodiy jinoyatlar misolida tahlil qilingan hamda ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

iqtisodiy jinoyat, tergovga qadar tekshiruv, dalillar, dalillarning maqbulligi, jinoyat-protsessual kodeks, dalillarni baholash mezonlari, qonunchilikdagi ziddiyat.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.