Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 79–85-betlar
KIBERJINOYATCHILIK VA RAQAMLI XAVFSIZLIK: RAQAMLI ASRDA QONUN VA JAVOBGARLIK
Gulomov, Abdulaxadxon
DOI: 10.5281/zenodo.21927538 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu ilmiy-amaliy va huquqiy tadqiqot ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida kiberjinoyatchilikning rivojlanish dinamikasi, uning zamonaviy ko‘rinishlari hamda raqamli xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy va tashkiliy-texnik mexanizmlari atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqotda kiberjinoyatlarning tasnifi, transchegaraviy xususiyati, kripto-aktivlar va sun’iy intellekt texnologiyalaridan noqonuniy foydalanish holatlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining kiberxavfsizlik sohasidagi milliy qonunchilik bazasi (xususan, "Kiberxavfsizlik to‘g‘risida"gi va "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi qonunlar) va xalqaro huquqiy normalar (Budapesht konvensiyasi, BMT tashabbuslari) qiyosiy-huquqiy jihatdan o‘rganilgan. Maqolada raqamli dalillarni to‘plash (digital forensics), yurisdiksiya toqnashuvlari hamda raqamli makonda javobgarlikni belgilash muammolari ko‘rib chiqilib, milliy qonunchilik va huquqni muhofaza qilish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.
kiberjinoyatchilik, raqamli xavfsizlik, kiberxavfsizlik, raqamli dalillar, yurisdiksiya, Budapesht konvensiyasi, kibertahdidlar, axborot daxlsizligi, kiberforinzika, jinoiy javobgarlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.