Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 121–122-betlar
ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA ORFOGRAFIYA VA PUNKTUATSIYANI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Nizomova, Mexrinisoxon
DOI: 10.5281/zenodo.21943679 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur dissertatsiya ishi zamonaviy ta’lim sharoitida o‘quvchilarning yozma nutq savodxonligi, xususan, orfografik va punktuatsion kompetensiyasini rivojlantirish masalasiga bag‘ishlangan. Globallashuv va raqamli texnologiyalarning jadal taraqqiyoti, ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan yangi talablar, shuningdek, o‘quvchilarda adabiy til me’yorlariga ongli munosabatni shakllantirish zarurati mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Mavjud ilmiy tadqiqotlarda orfografiya va punktuatsiyani o‘qitishning alohida jihatlari o‘rganilgan bo‘lsa-da, ularni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida kompleks o‘qitish, strukturaviy-funksional modelini ishlab chiqish va samaradorligini tajriba-sinov yo‘li bilan isbotlash yetarlicha yoritilmagan. Shu bois, ishning maqsadi ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida orfografiya va punktuatsiyani o‘qitish metodikasini nazariy jihatdan asoslash, amaliy modelini ishlab chiqish va uning samaradorligini amaliyotda aniqlashdan iborat. Tadqiqot ob’yekti – umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili fanini o‘qitish jarayoni. Predmeti – o‘quvchilarning orfografik va punktuatsion kompetensiyasini shakllantirish mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllari.
orfografiya, punktuatsiya, orfografik kompetensiya, punktuatsion kompetensiya, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, kompetensiyaviy yondashuv, strukturaviy-funksional model, yozma savodxonlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.