Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 126–130-betlar
BMT HUJJATLARI TERMINLARINI PARALLEL KORPUS ASOSIDA STANDARTLASHTIRISH VA UYG‘UNLASHTIRISH USULLARI
Gafarova, Zumrad
DOI: 10.5281/zenodo.21950238 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujjatlarida qo‘llanadigan terminlarni maxsus parallel korpus asosida standartlashtirish va uyg‘unlashtirish masalasi nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning markaziy muammosi shundaki, bir xil institutsional tushuncha tarjima matnlarida bir nechta terminologik variant bilan ifodalanishi mumkin va ushbu variantlarning semantik hajmi, funksional vazifasi, kontekstual qo‘llanishi hamda institutsional maqomi doimo ham o‘zaro mos kelmaydi. Natijada bir qarashda sinonimik yoki muqobil ko‘ringan birliklar aslida ma’lum darajada turlicha konseptual mazmunni ifodalashi mumkin. Bu holat terminologik beqarorlik, tarjimada nomuvofiqlik va institutsional matnlarning talqinida noaniqlik yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
BMT hujjatlari, parallel korpus, terminologiya, terminlarni standartlashtirish, terminologik uyg‘unlashtirish, institutsional diskurs, semantik ekvivalentlik, korpus lingvistikasi, terminologik variativlik, tarjima ekvivalentligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.