Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 136–141-betlar

“QO‘SHCHINOR” VA “TANOVOR” KUYLARI ASOSIDA TALABALARDA MILLIY O‘Z-O‘ZINI ANGLASH HISSINI RIVOJLANTIRISH

Davletov, Mayliboy

DOI: 10.5281/zenodo.21973627 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek xalq musiqa merosining durdona namunalaridan hisoblangan “Qo‘shchinor” va “Tanovor” kuylarining badiiy-estetik, g‘oyaviy-falsafiy va pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Mazkur mumtoz asarlarning ramziy ma’nolari, hududiy ijrochilik maktablari (Farg‘ona, Buxoro, Xorazm)dagi talqinlari, ularning maqom san’ati, adabiyot va milliy teatr hamda raqs bilan uyg‘unligi yoritib berilgan. Shuningdek, musiqa ta’limi jarayonida ushbu kuylarni tahlil qilish va amaliy ijro etish orqali bo‘lajak pedagog kadrlar va talabalarda milliy o‘z-o‘zini anglash, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, estetik did hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish mexanizmlari asoslangan.

“Qo‘shchinor”, “Tanovor”, milliy o‘z-o‘zini anglash, cholg‘u ijrochiligi, xalq musiqasi, ma’naviy meros, musiqiy-estetik tarbiya, ijrochilik mahorati, hududiy maktablar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.