Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 25–28-betlar
IDENTITETNING FANLARARO MUNOSABATI
Qodirov, Abdulazizbek
DOI: 10.70413/zdift-v5-i24-56535 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada identitet tushunchasining psixologiya, sotsiologiya, falsafa, madaniyatshunoslik, tilshunoslik va adabiyotshunoslikdagi talqinlari fanlararo nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Psixologiyada identitet o‘zlikning davomiyligi va o‘zini anglash, sotsiologiyada ijtimoiy rol hamda guruh mansubligi, falsafada o‘zlik, boshqalik va narrativ yaxlitlik bilan bog‘liq holda izohlanadi. Madaniyatshunoslikda tarixiy xotira va reprezentatsiya, tilshunoslikda esa nutq, diskurs va kommunikativ pozitsiya identitetni shakllantiruvchi omillar sifatida ko‘riladi. Ushbu yondashuvlarning adabiyotshunoslikdagi imkoniyatlari badiiy qahramon, lirik subyekt, xotira, makon va nutq kategoriyalari bilan bog‘liq holda ochib beriladi. Natijada identitet individual, ijtimoiy, madaniy, lisoniy va estetik qatlamlarni birlashtiruvchi dinamik kategoriya ekani asoslanadi.
identitet, fanlararo yondashuv, o‘zlik, ijtimoiy identitet, madaniy identitet, narrativ identitet, diskurs, til, xotira, badiiy subyekt, shaxs, adabiyotshunoslik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.