Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 1-jild 24-son (2022) · 88–89-betlar
GINKGO BILOBA URUGʻIDAN KOʻCHAT YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Qodirov, Otabek, Ergasheva, Nargiza, Boratova, Oʻgʻiloy
DOI: 10.5281/zenodo.7192612 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Hozirgi kunda dunyo aholisining 50 foizi shaharlarda istiqomat qilib, bu koʻrsatkich 2050 yilga kelib 66 % ga yetadi. Aholi sonining bu qadar tez oʻsishi, shaharlar infratuzilmasini yaxshilash va shahar muhitiga chidamli boʻlgan manzarali oʻsimliklardan foydalanishni taqazo etadi. BMT (Birlashgan millatlar tashkiloti) ning “Biologik xilma- xillik” toʻgʻrisidagi Konvensiyasi ma’lumotlariga koʻra, soʻnggi yillarda oʻsimliklarning 34000 turi yoʻqolib ketish xavfi ostida turibdi. Dunyoda turli ekologik muammolarning yuzaga kelishi, iqlim oʻzgarishi kabi global muammolar koʻkalamzorlashtirishda oʻsimliklarni tanlashda va atrof-muhitga estetik koʻrinish namoyon qilishda bir qator qiyinchiliklar yaratmoqda.Ginkgo biloba oʻsimligi urugʻlaridan koʻchat yetishtirishda dastavval urugʻlarini unuvchanlik koʻrsatkichlarini aniqladik.
BMTBiologikekologik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.