Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 3-jild 10-son (2024) · 14–15-betlar
GO'ZA O'SIMLIGIDA EKSPERIMENTAL POLIPLOIDIYA VA TURLARARO DURAGAYLASH: YUTUQLAR VA KELAJAK PERSPEKTIVALARI
Mavlonova, Barnoxon
DOI: 10.5281/zenodo.14017279 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
O'zbek olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar go'zani genetik yaxshilashda sezilarli yutuqlarga erishdi. Poliploidiya va turlararo duragaylash orqali hosilni oshirish, kasalliklarga chidamlilikni ta'minlash va yangi navlar yaratish mumkin. Bu yutuqlar qishloq xo'jaligi uchun muhim va ularni amalga oshirishda zamonaviy biotexnologiyalarni qo'llash zarur. Kelajakda O'zbekistonda go'zada poliploidiya va turlararo duragaylashning ahamiyati yanada ortadi. Zamonaviy genetika va biotexnologiyalar yordamida yangi navlar yaratish, hosil va sifat ko'rsatkichlarini oshirishda qo'shimcha imkoniyatlar paydo bo'ladi. Bunday yondashuvlar O'zbekiston qishloq xo'jaligi uchun barqaror rivojlanish va raqobatbardoshlikni ta'minlaydi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.