Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 3-jild 4-son (2024) · 4–9-betlar
BACHADON BO'YNINING TO'QIMALARIDAGI O'ZGARISHLAR
Erdanov, Ulug‘murod, Negmadjanov, B.B.
DOI: 10.5281/zenodo.10940000 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Bachadon bo'yni displaziyasi, asimptomatik kechadi, malignizatsiya bo'yicha eng yuqori xavfiga ega, har yili 37 000 ayolda bachadon bo'yni saratoni aniqlanadi. Bu tug'ruq yoshidagi ayollarga ta'sir qiladi, shuning uchun uni erta tashxisi zamonaviy onkoginekologiyaning dolzarb mavzularidan biridir. Tadqiqot maqsadi: bachadon bo'yni displaziyasini tashxislash usullarini Samarqand sharoitida tahlil qilish. Materiallar va usullar: tadqiqot ob'ekti 35 nafar bachadon bo'yni patologiyasi bo'lgan ayollar bo'lib, ular 2019 yildan 2021 yilgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasi bazasida ginekologiya bo'limida tekshiruvdan o'tkazildi. Natijalar: Papanikolau usulidan foydalanganda samaradorlik CIN I -25,7%, CIN II-54,3%, CIN III-17,1% va suyuq sitologiyadan foydalanganda CIN I-20%, CIN II-57,1% va CIN III-20% aniqlandi. Xulosa: ma'lumotlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, suyuq sitologiya usullari va Papnikalau usuli bachadon bo'yni prekanseroz kasalliklarini skrining sifatida qo'llash erta tashxis qo'yish va oldini olishning samarali va ishonchli usuli hisoblanadi.
displaziya, atipiya, bachadon bo'yni, saraton, suyuq sitologiya, Papanicolaou usuli, CIN.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.