Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 1-son (2025) · 74–76-betlar

O’ZBEKISTONDA IQLIM O’ZGARISHLARINING VUJUDGA KELISHI VA ULARNING OLDINI OLISH MASALALARI

Abdukaxorova, Sadoqat, Shamsidinova, Gulchexra

DOI: 10.70413/zdtf-v04-i01-p1-022 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqola Yerning iqlimiy o'zgarishlari va ekologik muammolariga bag'ishlangan. Maqolada Yerning tarixiy o'zgarishlari, iqlimning tabiiy ravishda qanday o'zgargani va bugungi kunda inson faoliyati ta'sirida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar tahlil qilinadi. Xususan, O'zbekistonda iqlim o'zgarishlari va bu o'zgarishlarning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik oqibatlari yoritilgan. Maqolada iqlim o'zgarishlarining sabab va oqibatlari, shuningdek, ularga qarshi kurashish uchun amalga oshirilayotgan xalqaro va milliy chora-tadbirlar haqida so'z boradi. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi roli, O'zbekistonning bu boradagi tashabbuslari va ekologik siyosatga doir eng muhim yangiliklar hamda davlat va shaxsning ekologik mas'uliyatlari haqida ma'lumot berilgan. Maqola ekologik ta'lim va ongni oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlatish, shaharlar va hududlarda ekologik tozalikni saqlash kabi amaliy choralarni amalga oshirishning zarurligini ta'kidlaydi.

iqlim o'zgarishlari, ekologik muammolar, O'zbekiston, xalqaro hamkorlik, BMT, ekologik xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, global isish, qayta tiklanuvchi energiya, ekologik siyosat.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.