Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 1-son (2025) · 77–80-betlar
PSORIAZ KASALLIGINING KELIB CHIQISHI VA UNING DAVOLASH YO‘LLARI
CHORIYEVA, RA’NOGUL, BOYQOBILOV, S. SH.
DOI: 10.70413/zdtf-v04-i01-p1-023 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada psoriaz kasalligining kelib chiqishi va davolash usullari haqida so‘z yuritiladi. Maqolada, shuningdek, psoriazning davolash usullari ham ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunda psoriazni davolashda turli usullar qo‘llaniladi: topikal davolash, fototerapiya, sistematik davolash va biologik terapiyalar. Har bir usulning samaradorligi bemorning kasallikning og‘irligiga, individual xususiyatlariga va bemorning umumiy holatiga qarab farq qiladi. Kasallikni samarali boshqarish uchun individual yondashuv va kompleks davolash zarur. Bu maqolada psoriaz kasalligi haqida umumiy ma’lumotlar va davolash usullari tahlil qilinadi. Psoriaz - surunkali va yallig‘lanishli teri kasalligi bo‘lib, asosan teri hujayralarining tezroq yangilanishi bilan namoyon bo‘ladi. Uning kelib chiqish sabablari hali to‘liq aniqlanmagan bo‘lsa-da, genetik, immunologik va atrof-muhit omillari uning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Psoriazning davolash usullari zamonaviy tibbiyotda turli xil terapiya va dori-darmonlar orqali amalga oshiriladi, shuningdek, bemorning turmush tarzini o‘zgartirish ham muhim ahamiyatga ega.
Psoriaz, teri kasalligi, genetik omillar, immun tizimi, davolash, dori-darmonlar, terapiya, turmush tarzi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.