Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 11-son (2025) · 132–134-betlar

OZIQ-OVQAT ODATLARI VA AKADEMIK FAOLIYAT SAMARADORLIGI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK: MAKTAB VA TALABALARNING OVQATLANISH XULQ-ATVORI TAHLILI

Iskandarova, Feruzabonu, Xalimjanov, Abduqunduz

DOI: 10.70413/zdtf-v04-i11-p1-036 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Maqolada sog‘lom va nosog‘lom ovqatlanish odatlarining o‘quvchilar va talabalarning kognitiv qobiliyatlari va akademik yutuqlariga ta’siri tahli qilinadi. Tadqiqotda sog‘lom ovqatlanishning xotira, diqqat va tafakkur jarayonlarini qanday qo‘llab-quvvatlashi, aksincha, yuqori glikemik indeksga ega ovqatlarning charchoq va diqqatning pasayishiga sabab bo‘lishi ilmiy adabiyotlar asosida ko‘rib chiqilgan. Maqolada empirik tadqiqot natijalari ham keltirilib, muntazam va sifatli nonushta qilish bilan akademik baholar o‘rtasidagi ijobiy korrelyatsiya aniqlandi. Xulosa qilib, ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

ovqatlanish odatlari, akademik faoliyat, kognitiv funksiyalar, miya salomatligi, talabalar, o‘quvchilar, sog‘lom ovqat, O‘zbekiston.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.