Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 70–72-betlar

HARBIY DEONTOLOGIYANING AXLOQIY-ME’YORIY TAMOYILLARI VA ULARNING RAQAMLI MULOQOT TIZIMIDA NAMOYON BO‘LISHI

Soyibnazarov, Bahtiyor

DOI: 10.70413/zdtf-v04-i12-p1-023 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tezisda harbiy deontologiyaning mazmuni va uning raqamli muloqot tizimida namoyon bo‘lishi ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Deontologik yondashuv kasbiy burch, xizmat intizomi, maxfiylik, javobgarlik va hurmat tamoyillariga asoslanadi; raqamli muhitda esa bu tamoyillar axborot xavfsizligi, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, operativ xavfsizlik (OPSEC), onlayn etik muomala va ijtimoiy tarmoqdagi xulq qoidalari orqali real amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda axloq falsafasining markaziy g‘oyalari (kategorik imperativ, kommunikativ ratsionallik) harbiy etika va axborot etikasi bilan integratsiyada tahlil qilinadi, harbiy ta’lim muassasalarida raqamli muloqot madaniyatini shakllantirishga doir metodik yo‘nalishlar, baholash mezonlari hamda amaliy ko‘rsatkichlar muhokama qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, deontologik tamoyillarni raqamli siyosatlar, standartlashtirilgan protokollar va axloqiy kompetensiya modullari bilan uyg‘unlashtirish bo‘lajak harbiy xizmatchilarda barqaror raqamli muloqot madaniyatini shakllantirishning asosiy omilidir.

harbiy deontologiya, raqamli muloqot, axloqiy-me’yoriy tamoyillar, axborot xavfsizligi, maxfiylik, OPSEC, kommunikativ etika, kasbiy burch.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.