Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 86–89-betlar
FARG‘ONA VILOYATIDA DENDROFAG SHIRALAR (COLEOPTERA TARTIBI) FAUNOSI, ULARNING EKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Asqaraliyeva, Sarvinoz
DOI: 10.70413/zdtf-v04-i12-p1-027 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur ilmiy tezis Farg‘ona viloyatida uchraydigan dendrofag shiralarning (yog‘ochli to‘qimalarda oziqlanadigan hasharotlar) turlar tarkibi, tarqalish xususiyatlari va ularning o‘rmon hamda bog‘dorchilik ekotizimlariga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, viloyat hududida asosan Coleoptera turkumiga mansub Scolytidae, Cerambycidae, Buprestidae, Scarabaeidae va Curculionidae oilalariga kiruvchi 30 dan ortiq dendrofag hasharot turi qayd etilgan. Ularning ayrimlari (masalan, Scolytus scolytus, Aeolesthes sarta, Capnodis miliaris) o‘rmon xo‘jaligi va mevali bog‘larga sezilarli zarar yetkazadi. Tezisda shuningdek, Farg‘ona vodiysining issiq va quruq iqlimi, suv bilan ta’minlangan bog‘zorlar hamda o‘rmonzorlarning ushbu hasharotlar uchun qulay yashash muhitini yaratishi tahlil qilingan. Dendrofag shiralarga qarshi integratsiyalashgan nazorat chora-tadbirlari — biologik, kimyoviy va agrosanitar usullar asosida yoritilgan.
Farg‘ona vodiysi, dendrofag shiralar, o‘rmon xo‘jaligi, Coleoptera, Scolytidae, Cerambycidae, Capnodis miliaris, biologik nazorat, entomofauna, ekologik monitoring.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.