Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 108–109-betlar

ASTER AMELLUS L. NING BIOLOGIK FAOLLIGI

Usmonova, Hurixon

DOI: 10.5281/zenodo.17406466 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Aster amellus L. o‘simligi tarkibida flavonoidlar, fenol kislotalar, saponinlar, taninlar, askorbin kislotasi va efir moylari mavjud. Ushbu biologik faol moddalar Aster amellusga yallig‘lanishga qarshi, antibakterial, tinchlantiruvchi va immunitetni oshiruvchi xususiyat beradi. O‘simlik xalq tabobati, farmatsevtika va kosmetologiyada qo‘llaniladi. Shuningdek, u ekologik barqarorlikni ta’minlashda, changlatuvchi hasharotlarni jalb qilishda va tuproqni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Inson faoliyati va iqlim o‘zgarishi tufayli Aster amellus populyatsiyalarini saqlash dolzarb ekologik vazifadir.   

Aster amellus L., Asteraceae, dorivor o‘simlik, flavonoidlar, fenol kislotalar, saponinlar, bioxilma-xillik, ekologik barqarorlik, fitoterapiya, muhofaza.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.