Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 121–123-betlar

EKOLOGIK XAVFSIZ BIOFUNGITSID TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA POMIDOR KASALLIKLARIGA QARSHI INTEGRATSIYALASHGAN HIMOYA TIZIMINI ISHLAB CHIQISH

Yoriyeva, Nigora

DOI: 10.5281/zenodo.17415326 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Pomidor o‘simligining keng miqyosda yetishtirilishi ko‘plab qo‘ziqorin va bakterial kasalliklar bilan cheklanadi. Bu kasalliklar hosildorlikni kamaytirib, meva sifatini yomonlashtiradi. An’anaviy kimyoviy fungitsidlar qisqa muddatda samara bersa-da, ular tuproqning biologik muvozanatini buzadi, patogenlarda qarshilik hosil qiladi hamda ekologik muammolarga sabab bo‘ladi. Shu sababli ekologik xavfsiz biofungitsid texnologiyalariga asoslangan integratsiyalashgan himoya tizimini yaratish dolzarb masalaga aylandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Trichoderma harzianum, Bacillus subtilis va Pseudomonas fluorescens mikroorganizmlarining kombinatsiyasi pomidor ildiz chirishi va fitoftoroz kabi kasalliklarni sezilarli darajada kamaytiradi, o‘simlik o‘sishini rag‘batlantiradi hamda tuproqning fitosanitar holatini yaxshilaydi.

biofungitsid, pomidor kasalliklari, integratsiyalashgan himoya, ekologik xavfsizlik, tuproq mikrobiomi, fitopatogenlar

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.