Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 2-son (2025) · 61–63-betlar

KOʻHNA ARK

Ismailov, Tohirjon

DOI: 10.5281/zenodo.14898131 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Koʻhna ark - Xivaning qadimiy qal’asi bo‘lib, “Ichon qal’a”dagi xon saroylaridan biridir. Qal’aning paydo bo‘lish tarixi Xiva shahri tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Xivadagi ushbu meʼmoriy yodgorlik majmuasi XVII asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davr oralig‘ida barpo etilgan. Ichan qalaning gʻarbiy qismida joylashgan. Koʻhna Arkdagi binolar, asosan XVII asrda Anoʻshaxonning oʻgʻli Arangxon davrida usta, shoir Mavlono Vafoiy tomonidan qurilgan. 1804-1806 yillarda qayta tiklab taʼmir etilgan. Koʻhna Ark toʻrt hovliga boʻlinib, atrofi baland paxsa devor bilan oʻralgan. Sharq tomondagi darvozadan oʻng tomondagi yoʻlakka oʻtilib, u orqali saroy masjidi va xonning zarbxonasiga boriladi. Haramxona arkning shimolida, koʻrinishxona gʻarbiy qismida, oʻrtasida Oq shayx bobo koʻshki joylashgan. Darvozaning chap tomonida xonning xizmatkorlari yashaydigan xonalar, omborxona va otxonalar boʻlgan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.