Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 2-son (2025) · 89–92-betlar
MATN VA GRAFIK MUHARRIRLARI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Normurodova, Sadoqat, Ergashova, Dilrabo
DOI: 10.70413/zdtf-v04-i02-p1-028 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Matn va grafik muharrirlari bo‘limini o‘qitish metodikasi matnni yaratish, tahrirlash va grafikalashtirish bo‘yicha o‘quvchilarga keng qamrovli bilim va ko‘nikmalar beradi. O‘quvchilar matn muharrirlaridan (Microsoft Word, Google Docs) va grafik muharrirlaridan (Adobe Photoshop, Illustrator, Canva) samarali foydalanishni o‘rganadilar. Ushbu metodika, matnni tahrirlash, tasvirlarni yaratish va dizayn elementlarini qo‘llashni o‘rgatish orqali o‘quvchilarda kreativ fikrlash va vizual kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Matn va grafik muharrirlaridan foydalangan holda o‘quvchilar maketlar, infografikalar, reklama bannerlari, taqdimotlar, va boshqa vizual materiallar yaratadilar. Metodika o‘quvchilarga dizayn va matn yaratishda vizual va estetik tamoyillarni o‘rgatish bilan birga, grafikalarning ma’lumotlarni samarali taqdim etishda qanday rol o‘ynashini tushunishga yordam beradi.
Matn, grafik, Microsoft Word, Adobe Photoshop, dizayn, visual kommunikatsiya, metodika, kerariv fikrlash, professional faoliyat, metodologiya, ko‘nikma, kreativ va innovativ yondashuvlar, interaktiv materiallar, onlayn.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.