Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 3-son (2025) · 15–18-betlar

ALGEBRAIK TUZILMALAR VA ULARNING DASTURIY TAMINOTDA QO'LLANILISHI

O‘ktamov, Madadjon, Hayitov, Sanjar

DOI: 10.5281/zenodo.14997640 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tezisda algebraik tuzilmalar va ularning dasturiy ta’minotda qo‘llanilishi o‘rganiladi. Algebraik tuzilmalar matematikaning muhim bo‘limi bo‘lib, ular guruhlar, halqalar, maydonlar va boshqa abstrakt tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu tushunchalar zamonaviy dasturiy ta’minotda, ayniqsa, kriptografiya, kodlash nazariyasi, sun’iy intellekt, kompyuter grafikasida keng qo‘llaniladi.Ishda algebraik tuzilmalarning turli dasturlash tillarida qanday qo‘llanilishi, funksional dasturlash paradigmasidagi roli va samaradorlikni oshirishdagi ahamiyati yoritib beriladi. Algebraik metodlarning dasturiy muhitda qo‘llanilishi kod xavfsizligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu tadqiqot algebraik tuzilmalarning nazariy asoslari va amaliy dasturiy ta’minot ishlab chiqishda qo‘llanilishiga oid bilimlarni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan.

algebraik tuzilmalar, guruhlar nazariyasi, halqalar va maydonlar, funksional dasturlash, kriptografiya, kodlash nazariyasi, kompyuter grafikasida algebra, monadlar va funktorlar, dasturiy ta’minot optimallashuvi, sun’iy intellekt algoritmlari, matritsalar va vektor fazolari, axborot xavfsizligi

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.