Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 3-son (2025) · 63–67-betlar

SMART TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH VOSITALARI

Qodirov, Farrux, Murodulloyeva, Jasmina, Negmatova, Sevinch

DOI: 10.70413/zdtf-v04-i03-p1-015 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Smart texnologiyalar zamonaviy dunyoda hayotning barcha sohalariga kirib borayotgan innovatsion yechimlar sifatida qaralmoqda. Ushbu mavzu doirasida smart texnologiyalar vositalari, ularning funksional imkoniyatlari, qo‘llanilishi va kelajakdagi rivojlanish tendentsiyalari o‘rganiladi. Smart texnologiyalar tizimlari Internet of Things (IoT), sun’iy intellekt (AI), ma’lumotlarni avtomatik tahlil qilish, bulutli hisoblash, robototexnika va boshqa zamonaviy texnologiyalar asosida ishlaydi. Ushbu vositalar shaxsiy, ijtimoiy va sanoat miqyosida samaradorlikni oshirish, resurslarni tejash va qulaylik yaratish maqsadida qo‘llaniladi.Smart uylar, smart shaharlar, smart transport tizimlari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda smart texnologiyalar vositalari keng qo‘llanilmoqda. Masalan, IoT asosidagi qurilmalar orqali uy jihozlari, yoritish, isitish tizimlari va xavfsizlikni avtomatlashtirish mumkin. Sun’iy intellekt esa ma’lumotlarni tahlil qilish, bashorat qilish va qaror qabul qilish jarayonlarini yaxshilaydi.

Smart texnologiyalar, Internet of Things (IoT), Sun’iy intellekt (AI), Ma’lumotlarni avtomatik tahlil qilish, Bulutli hisoblash, Robototexnika, Smart uylar, Smart shaharlar, Smart transport tizimlari, Sog‘liqni saqlash, Ta’lim, Qishloq xo‘jaligi, Xavfsizlik muammolari, Ma’lumotlarni himoya qilish, Innovatsion yechimlar, Texnologik rivojlanish, Ijtimoiy ta’sir, Iqtisodiy samaradorlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.