Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 3-son (2025) · 68–73-betlar

BULUTLI HISOBLASHLAR VA ULARNING ASOSIY TUSHUNCHALARI. BULUTLI SAQLASH MODELLARI

Hayitmurodov, Ilhom, Negmatova, Sevinch

DOI: 10.5281/zenodo.15075543 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Bulutli hisoblash texnologiyalari zamonaviy axborot texnologiyalarining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, ular IT infratuzilmasini yanada samarali va tejamkor boshqarish imkonini beradi. Ushbu texnologiya foydalanuvchilarga internet orqali masofaviy serverlarda ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.Bulutli hisoblashning asosiy tushunchalariga Xizmat sifatida dasturiy ta’minot (SaaS), Xizmat sifatida platforma (PaaS) va Xizmat sifatida infratuzilma (IaaS) kabi modellar kiradi. Ushbu modellar foydalanuvchilarga turli darajadagi xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratib, IT-resurslarga bo‘lgan ehtiyojni optimallashtirishga yordam beradi.Bulutli saqlash modellari esa shaxsiy (private cloud), jamoaviy (community cloud), ommaviy (public cloud) va gibrid (hybrid cloud) bulut turlariga ajratiladi. Har bir model xavfsizlik, boshqaruv va foydalanish shartlariga ko‘ra turlicha afzalliklarga ega.Ushbu maqolada bulutli hisoblashning asosiy tushunchalari, uning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, turli bulutli saqlash modellarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi.

Bulutli texnologiyalar, bulutli hisoblash (Cloud Computing), xizmat sifatida dasturiy ta’minot (SaaS – Software as a Service), xizmat sifatida platforma (PaaS – Platform as a Service), xizmat sifatida infratuzilma (IaaS – Infrastructure as a Service), jamoaviy bulut (Community Cloud), shaxsiy bulut (Private Cloud), jamoat buluti (Public Cloud), gibrid bulut (Hybrid Cloud), virtualizatsiya, ma’lumotlar markazi (Data Center), bulutli saqlash (Cloud Storage), bulutli xavfsizlik (Cloud Security), tarmoqli hisoblash (Grid Computing), internet orqali xizmat ko‘rsatish (On-Demand Services), ko‘lamlanuvchanlik (Scalability), tarmoq infratuzilmasi, bulutli hisoblash arxitekturasi, avtomatlashtirilgan boshqaruv.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.