Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 3-son (2025) · 94–96-betlar

ÕZBEKISTON TOĞLARIDA TARQALGAN JUNIPERUS. L. TURKUMINING BOTANIK TAVSIFI, VAKILLARI VA AHAMIYATI

Begaliyeva, Diyoraxon

DOI: 10.5281/zenodo.15093250 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu ilmiy ishda Oʻzbekiston togʻlarida tarqalgan Juniperus L. turkumiga oid turli vakillar va ularning ekosistemadagi roli o‘rganilgan. Juniperus (Yunoncha juniperus – "qarag‘ay") o‘simliklar turkumi asosan qarag‘aylar oilasiga mansub bo‘lib, tog‘li hududlarda ko‘proq uchraydi. Juniperus L. turkumining botanik tavsifi, ularning morfologik va fiziologik xususiyatlari, ekologik talablari va Oʻzbekiston togʻlarida tarqalgan vakillari haqida batafsil ma'lumot keltirilgan. Juniperus turkumining vakillari ekologik jihatdan tog‘li hududlarda, ayniqsa, qoyali va qurg‘oqchil o‘rmonlarda keng tarqalgan. Ularning ekosistemadagi roli, iqlim o‘zgarishlariga moslashuvchanligi va biogeografik aloqalari haqida muhokama qilinadi. Oʻzbekistonning turli togʻ tizmalarida Juniperus turkumining bir necha xillari uchraydi, shu jumladan Juniperus seravschanica, Juniperus pseudosabina kabi turlar. Ularning biotoplarda va hududlararo o‘zaro aloqalari, xilma-xilligi, va ahamiyati ilmiy jihatdan katta e'tiborni talab qiladi. Ushbu izlanish ekologiya, botanika va bioxavfsizlik sohalarida yangiliklarni o‘z ichiga oladi.

Juniperus, Oʻzbekiston togʻlari, botanik tavsif, ekologiya, turkum, tog‘li hududlar, morfologiya, iqlim o‘zgarishi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.