Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 5-son (2025) · 81–82-betlar
LAKTAZA FERMENTINING FAOLIYATIDA OQSIL TABIATLI O’SISH OMILINING O’RNI
Xidirova, Sojida
DOI: 10.70413/zdtf-v04-i05-p1-026 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezisda laktaza fermentining faoliyatida oqsil tabiatli o'sish omillarining tutgan o'rni tahlil qilinadi. Laktaza fermenti, asosan, laktozani glukozaga va galaktozaga ajratish jarayonini katalizlaydi va uning faoliyati organizmning ovqat hazm qilish tizimi uchun juda muhimdir. Laktaza fermentining faoliyatiga o'sish omillari ta'sir qiladi, bu omillar fermentning sintezini va faolligini oshirishda ishtirok etadi. O'sish omillari, masalan, insulinga o'xshash o'sish omillari (IGF), laktaza fermentining ishlab chiqarilishini rag'batlantiradi va uning faolligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu omillar laktaza fermentining samarali ishlashini ta'minlash orqali laktozaning to'g'ri parchalanishiga va organizm tomonidan so’rilishiga yordam beradi. Tezisda laktaza fermentining biologik ahamiyati va uning faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar o'rganilgan bo'lib, bu ilmiy izlanishlar laktaza faoliyatining boshqarilishidagi o'sish omillarining o'rnini ko'rsatadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.