Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 6-son (2025) · 47–49-betlar

QANDLI DIABET KASALLIGI PROFILAKTIKASI

To’xtasinova, Sitora, Mirzadjonova, Zilola

DOI: 10.5281/zenodo.15468953 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Qand kasalligi — organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik. Qand kasalligi sharq xalq tabobat tarixida juda qadimdan maʼlum. Abu Ali ibn Sino bu dardga alohida eʼtibor bergan. “Suv qanday ichilgan boʻlsa, shu holda chiqadi”, deb yozadi u. Bemorning koʻp suv ichishi boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqaradi va bemor juda ozib ketadi. Davolarga toʻxtab tabib: "Bemorga sovuq mizojli suyuqliklar ichir, sovuqjomga sol, nordon ayron ichir, mevalar ber, yalpiz damlab ichir, yaʼni bemorni hoʻlla, sovut", deydi. Bu — kasallik odam badanida issiqlikning oshib ketishi tufayli paydo boʻlishini bildiradi. Qand kasalligi tarixiy tibbiy manbalarga koʻra, nasliy boʻlishi ham mumkin. Qandli diabetda qonda qand moddasi keskin koʻpayib, siydik bilan chiqib turadi (tarkibida qand moddasi boʻladi), tashnalik, og`iz qurishi, ozib ketish, quvvatsizlik, badan qichishishi va boshqalar alomatlar kuzatiladi. Kasallikning irsiy yoki hayotda orttirilgan, shuningdek, insulinga bogʻliq (diabetning 1 turi) va insulinga bogʻliq boʻlmagan (diabetning 2 turi) turi farq qilinadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.