Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 6-son (2025) · 50–52-betlar
TO‘G‘RI OVQATLANISH SALOMATLIK GAROVI
Ulug‘bekova, Feruza, Qosimov, Sardorbek
DOI: 10.70413/zdtf-v04-i06-p1-014 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ovqatlanish har bir tirik mavjudotning doimiy ehtiyoji bo‘lib, uning hayot kechirish bilan bog‘liq barcha hatti-harakatlari, jismoniy va aqliy mehnat qilishi hamda barcha tizim va a’zolarining faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur energiya (quvvat) faqat oziq-ovqat mahsulotlari bilan qabul qilinadi. Bundan tashqari, to‘qima va hujayralarning doimiy yangilanib turishi, yosh organizmlarda esa yana o‘sish va rivojlanish uchun kerak bo‘lgan qurilish yoki plastik material ham ovqatlanish bilan vujudga kiradi. Masalaning yana bir tomoni shundan iboratki, iste’mol qilinadigan taomlar ayni olingan organizm uchun me’yoridan kam bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lsa ham tegishli holdagi xastaliklarni keltirib chiqaradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.