Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 6-son (2025) · 137–139-betlar
CHANGLANISH VA URUG‘LANISH JARAYONLARI
Sodiqboyeva, Rayxan
DOI: 10.70413/zdtf-v04-i06-p1-039 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu ilmiy tezisda o‘simliklar hayot tsiklidagi eng muhim bosqichlardan biri hisoblangan changlanish va urug‘lanish jarayonlari chuqur o‘rganilgan. Changlanish o‘simliklarning generativ ko‘payishining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, tur ichidagi genetik xilma-xillik va moslashuvchanlikni ta’minlovchi asosiy omildir. Urug‘lanish esa erkak gametaning urg‘ochi gameta bilan qo‘shilishi orqali yangi organizm — embrionning shakllanishiga olib keladi. Tezisda changlanish turlarining morfologik-fiziologik xususiyatlari, chang tashuvchilarning ekologik roli, shuningdek, ikki marta urug‘lanish mexanizmi, molekulyar signal almashinuvi va zamonaviy biologik yondashuvlar asosida tahlil qilingan.
Changlanish, urug‘lanish, gameta, zigota, ikki marta urug‘lanish, endosperm, pollinatsiya, gametofit, morfofiziologiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.