Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 6-son (2025) · 140–143-betlar
GANGRENA: PATOLOGIK ANATOMIYA, ETIOLOGIYA VA KLINIK-MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
Isroilov, Asilbek, Valixonova, Dildora
DOI: 10.70413/zdtf-v04-i06-p1-040 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqola gangrena haqida patologik anatomiya faniga oid tahliliy maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Gangrena — bu tirik to‘qimalarning nobud bo‘lishi va keyinchalik chirish jarayoni bilan kechadigan og‘ir patologik holat bo‘lib, maqolada uning etiologiyasi, patogenezi va morfologik o‘zgarishlari yoritilgan. Gangrena turli shakllarda namoyon bo‘ladi: quruq, nam, gazli va ichki gangrenalar har birining o‘ziga xos klinik va morfologik ko‘rinishlari mavjud. Quruq gangrena ko‘proq sekin rivojlanib, infektsiya ishtirokisiz kechsa, nam va gazli gangrena tez rivojlanib, infeksion jarayonlar bilan murakkablashadi. Gazli gangrena ayniqsa xavfli bo‘lib, anaerob bakteriyalar ta’sirida rivojlanadi va bemor hayotiga jiddiy tahdid soladi. Maqolada gangrenaning patogenezida qon aylanishining buzilishi va to‘qimalardagi metabolik o‘zgarishlar muhim rol o‘ynashi qayd etilgan. Shuningdek, maqolada klinik belgilar, asoratlar va zamonaviy davolash usullari haqida ham batafsil ma’lumotlar berilgan. Gangrenani davolashda tezkor jarrohlik aralashuvi, antibiotikoterapiya va detoksikatsion chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Ushbu tahliliy material gangrenaning asosiy jihatlarini tushunishga yordam beradi va patologik anatomiya fanining amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi.
Gangrena, nekroz, quruq gangrena, nam gangrena, gazli gangrena, ichki gangrena, patologik anatomiya, infeksiya, to‘qima o‘limi, sepsis, amputatsiya, patogenez, morfologiya, bakteriyalar, anaerob flora.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.