Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 7-son (2025) · 8–11-betlar
QON KETISH (GEMORRAGIK SINDROM): SABABLARI, PATOGENEZ, KLINIK KO‘RINISHLARI VA DAVOLASH USULLARI
Isroilov, Asilbek, Botirxonov, Sayfulloxon
DOI: 10.70413/zdtf-v04-i07-p1-002 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu ilmiy-uslubiy maqolada qon ketish — gemorragik sindromning sabablari, patogenez bosqichlari, klinik ko‘rinishlari hamda zamonaviy davolash usullari haqida tibbiyot talabalariga mo‘ljallangan tarzda atroflicha ma’lumot berilgan. Qon ketish inson organizmida gemostaz tizimining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, u turli etiologik omillar – genetik, orttirilgan yoki tashqi omillar natijasida yuzaga keladi. Patologik anatomiya va fiziologiyaga asoslangan holda ushbu maqolada qon ketishga olib keluvchi asosiy omillar, xususan, trombotsitlar soni va sifatining pasayishi, tomir devorining o‘tkazuvchanligi va qon ivish omillarining yetishmovchiligi yoritilgan. Gemorragik sindrom klinik jihatdan teri osti qon quyilishlar, burun va milk qon ketishlari, ichki a’zolar qonashlari bilan kechadi. Diagnostika bosqichida laborator va instrumental tahlillarning ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada davolashning etiotrop, patogenetik va simptomatik usullari bayon qilinib, har bir holatda yondashuvning individual bo‘lishi zarurligi qayd etilgan. Bu mavzu patologik anatomiya fani doirasida qon aylanish tizimi patologiyalarini chuqur anglashga yordam beradi va talabalar uchun amaliy ahamiyatga ega darslik materialidir.
qon ketish, gemorragik sindrom, patogenez, qon ivish tizimi, trombotsitopeniya, vaskulit, diagnostika, davo, patologik anatomiya, klinik ko‘rinish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.