Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 7-son (2025) · 4–7-betlar
HUJAYRA O‘LIMINING IKKI SHAKLI: NEKROZ VA APOPTOZ
Isroilov, Asilbek, Rahmonaliyev, Marufjon
DOI: 10.70413/zdtf-v04-i07-p1-001 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada hujayra o‘limining ikki asosiy shakli — apoptoz va nekroz tahlil qilinadi. Apoptoz bu hujayraning genetik dastur asosida, tartibli va fiziologik tarzda o‘zini yo‘q qilishidir. U organizmda to‘qimalarning yangilanishi, embriogenez, immun javob va saraton hujayralarining bartaraf etilishida muhim rol o‘ynaydi. Aksincha, nekroz bu tashqi zararli omillar (infeksiya, jarohat, zaharlanish va boshqalar) ta’sirida hujayra tarkibining parchalanishi va atrof to‘qimalarda yallig‘lanish chaqiruvchi patologik jarayon hisoblanadi. Maqolada ushbu ikki mexanizmning molekulyar asoslari, morfologik belgilar, funksional farqlari va klinik ahamiyati bayon etiladi. Shuningdek, apoptoz va nekrozning tibbiyotda, xususan, onkologiya, yurak-qon tomir kasalliklari va nevrologik kasalliklar kabi sohalarda diagnostika va davolashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqola fiziologiya, patofiziologiya va hujayra biologiyasi yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar hamda tibbiy amaliyotchilar uchun foydali ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
apoptoz, nekroz, hujayra o‘limi, yallig‘lanish, genetik dastur, patofiziologiya, saraton, mitoxondriya, kasallik mexanizmi, hujayra biologiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.