Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 7-son (2025) · 12–15-betlar
YALLIGʻLANISH ETIOLOGIYASI, KLINIK KECHISI VA PATOGENEZI
Isroilov, Asilbek, Turg‘unova, Nodira
DOI: 10.5281/zenodo.15551888 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqola yalligʻlanish jarayonining etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari yuzasidan patologik anatomiya fanining ilmiy yondashuvi asosida yozilgan. Yalligʻlanish organizmning himoya-va-adaptiv reaksiyasi boʻlib, biologik (bakteriyalar, viruslar), fizik (issiqlik, jarohat), kimyoviy (zaharli modda) va immunologik (autoimmun, allergik) omillarga javoban rivojlanadi. Maqolada yalligʻlanishning morfologik bosqichlari: alteratsiya, ekssudatsiya, emigratsiya va regeneratsiya bosqichlari izchil yoritilgan. Klinik belgilar sifatida klassik “besh belgi” – qizarish, shish, og‘riq, issiqlik va funksiyaning buzilishi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, yalligʻlanishning shakllari (o‘tkir, surunkali va maxsus granulomatoz) hamda har bir turga xos histologik va klinik xususiyatlar keltirilgan. Maqolada o‘tkir yalligʻlanishdagi neytrofil infiltratsiyasi, surunkali shakldagi fibrozis, autoimmun yalligʻlanishdagi to‘qima destruksiyasi kabi patologik anatomiya asosida yuzaga keladigan o‘zgarishlar tahlil qilingan. Ushbu ilmiy ish klinik-amaliyotda tashxis va davolashni chuqur anglashda, tibbiyot talabalarining bilimini boyitishda hamda ilmiy izlanishlar uchun nazariy asos sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
yalligʻlanish, etiologiya, patogenez, klinik belgi, patologik anatomiya, alteratsiya, ekssudatsiya, immun javob, to‘qima destruksiyasi, granuloma, regeneratsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.