Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 7-son (2025) · 16–19-betlar
TROMBOEMBOLIYA KLINIKASI, PATOGENEZI VA RIVOJLANISH MEXANIZMLARI
Isroilov, Asilbek, Nosirova, Sayyoraxon
DOI: 10.5281/zenodo.15551911 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Tromboemboliya – bu qon tomirlarida hosil bo‘lgan trombning qon oqimi orqali ko‘chib, boshqa tomirlarni to‘sib qo‘yishi natijasida yuzaga keladigan patologik holatdir. Ushbu maqolada tromboemboliya patologik anatomiya nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tromboz jarayoni Virxov triadasining uch omili – qon aylanishining sekinlashishi, qon ivishining buzilishi va qon tomir devorining shikastlanishi asosida rivojlanadi. Tromblar mikroskopik va makroskopik darajada o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, arterial va venoz tromboz turlari farqlanadi. Tromboemboliya ko‘pincha o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi shaklida uchraydi, bu esa o‘pka ishemiya va nekroziga olib keladi. Patologik anatomiya fani tromb va embolning tashkil topishi, qon tomirlarining yopilishi natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar, to‘qima ishemiya va nekroz jarayonlarini o‘rganadi. Maqolada tromboemboliya rivojlanish mexanizmlari, uning klinik ahamiyati va diagnostikasi haqida ma’lumotlar berilgan. Ushbu ma’lumotlar tromboemboliya oldini olish va samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, patologik anatomiya tadqiqotlari tromboemboliya kasalligining klinik ko‘rinishlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Tromboemboliya, tromboz, patologik anatomiya, o‘pka tromboemboliyasi, Virxov triadasi, qon tomir yopilishi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.