Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 7-son (2025) · 63–65-betlar

JIGARNING GEPATOZ, GEPATIT VA SEROZDAGI O‘ZGARISHLARI

Isroilov, Asilbek, Akramova, Mumtoza

DOI: 10.70413/zdtf-v04-i07-p1-018 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Jigar organizmdagi eng muhim parenximatoz a’zolardan biri bo‘lib, uning tuzilmasi va funksiyasidagi buzilishlar butun organizm faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada jigarning uch asosiy patologik holati – gepatoz, gepatit va jigar sirrozi paytida yuzaga keladigan morfologik va funksional o‘zgarishlar yoritib berilgan. Gepatoz – jigarda yog‘ to‘planishi yoki boshqa modda almashinuvi buzilishi natijasida yuzaga keladi, bunda jigar hajmi kattalashadi, hujayralar to‘qimalari yog‘ bilan to‘yinadi. Gepatit – virusli yoki toksik agentlar ta’sirida rivojlanadigan yallig‘lanish jarayoni bo‘lib, jigar hujayralarining nekrozi, yallig‘lanish infiltratsiyasi va funksional yetishmovchilik bilan kechadi. Sirroz – jigar to‘qimasining chuqur strukturaviy qayta tuzilishiga olib keluvchi surunkali jarayon bo‘lib, bunda mezenximal-hujayraviy regeneratsiya buziladi, fibroz to‘qimalar ortadi va tugunli regeneratsiya kuzatiladi. Maqolada bu uch holatdagi o‘zgarishlarning klinik belgilari, diagnostik mezonlari hamda patologik anatomik ko‘rinishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, har bir holatda gigiyenik, farmakologik va terapevtik yondashuvlar muhokama qilingan. Ushbu tadqiqot jigar kasalliklarini erta aniqlash va samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

jigar, gepatoz, gepatit, sirroz, morfologik o‘zgarish, nekroz, fibroz, diagnostika, jigar yetishmovchiligi, patogenez.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.