Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 4-jild 9-son (2025) · 10–12-betlar

SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN SHAXSIYLASHTIRILGAN O‘QUV PLATFORMANI (LMS) MIKROBIOLOGIYA VA VIRUSOLOGIYA FANLARINING TA’LIMI JARAYONIGA JORIY ETISH

Abdullayev, G‘oyibsher

DOI: 10.70413/zdtf-v04-i09-p1-004 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) asosida ishlovchi shaxsiylashtirilgan o‘quv platformalarini (Learning Management System — LMS) mikrobiologiya va virusologiya fanlarini o‘qitish jarayoniga joriy etish imkoniyatlari, maqsadlari va samaradorligi tahlil qilinadi. Mikrobiologiya va virusologiya kabi nazariy va amaliy bilimlarni talab qiluvchi fanlarda an’anaviy o‘qitish shakllari ko‘p hollarda talabalarning individual ehtiyojlarini to‘liq qondirolmaydi. Shuningdek, maqolada tajriba asosida ishlab chiqilgan AI-LMS platformasining o‘quv natijalariga ta’siri, talabalar va o‘qituvchilar fikri, hamda statistik tahlillar orqali o‘quv jarayonidagi yaqqol o‘zgarishlar yoritilgan. Olingan natijalar asosida SI texnologiyalarini tibbiy ta’limga joriy etish bo‘yicha amaliy xulosalar va tavsiyalar beriladi.

sun’iy intellekt, shaxsiylashtirilgan ta’lim, mikrobiologiya, virusologiya, LMS, adaptiv o‘quv tizimi, tibbiy ta’lim, virtual laboratoriya, real vaqtli tahlil.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.