Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 6-son (2026) · 58–59-betlar

BAKTERIAL IRSIYATNING XROMOSOMADAN TASHQARI OMILLARI (PLAZMIDLAR, TRANSPAZONLAR, IS-FAKTORLAR, MO'TADIL FAGLAR), TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI

Baratov, Samandar, A'zamjanova, Sarvinoz, Sheyxov, Yorbek

DOI: 10.5281/zenodo.20027784 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tezisda bakterial irsiyatning xromosomadan tashqari omillari — plazmidlar, transpozonlar, IS-faktorlar va moʻtadil faglarning tuzilishi, funksiyasi hamda genetik axborotni uzatishdagi roli yoritiladi.Bakteriyalarda ushbu ekstrakromosomal elementlar yuqori darajadagi moslashuvchanlikni ta’minlab, antibiotiklarga chidamlilik, virulentlik omillari, toksinlar sintezi va yangi metabolik xususiyatlarning shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, bu omillarning tibbiyotdagi ahamiyati — antibiotik rezistentligi tarqalishi, klinik shtammlar evolyutsiyasi, infeksion kasalliklar patogenezidagi o‘rni va biotexnologik qo‘llanishi kabi jihatlar tahlil qilinadi. Tadqiqot ushbu genetik elementlarning patogenlikdagi roli va ularga qarshi samarali kurash strategiyalarini ishlab chiqishdagi ahamiyatini asoslaydi.

Bakterial irsiyat, plazmidlar, transpozonlar, IS-faktorlar, mo‘tadil faglar, ekstrakromosomal omillar, genetik mobil elementlar, antibiotik rezistentligi, virulentlik omillari, genetik almashinuv, konyugatsiya, transduktsiya, tibbiyot mikrobiologiyasi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.