Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 7-son (2026) · 14–20-betlar

“FRESH-FORMA 2N-01-05” PREPARATI BILAN ISHLOV BERISHNING TURLI PIYOZ NAVLARINING SAQLASH DAVRIDAGI TABIIY VAZN KAMIYISHIGA TA’SIRI

Odinayev, Mirzamad, Jabbarova, Zebuniso

DOI: 10.5281/zenodo.20082154 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada “Fresh-Forma 2N-01-05” preparati bilan ishlov berishning turli piyoz navlarining saqlash davridagi tabiiy vazn kamayishiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot obyekti sifatida Banko F1, Gulxan, Yellow Spanich va Manas piyoz navlari tanlandi. Tajriba jarayonida piyoz namunalariga saqlashdan oldin “Fresh-Forma 2N-01-05” preparati bilan ishlov berilib, ular +2 °C haroratda sovutish sharoitida saqlashga qo‘yildi. Saqlash davomida piyoz mahsulotlarining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan tabiiy vazn kamayishi dinamikasi oylar kesimida tahlil qilindi. Tadqiqotning dastlabki bosqichida saqlashning 3 oylik natijalari o‘rganildi. Olingan natijalar piyoz navlari o‘rtasida tabiiy vazn kamayishi darajasi turlicha ekanligini ko‘rsatdi. Jumladan, uch oylik saqlash yakunida eng yuqori vazn yo‘qotish Gulxan navida, eng kam vazn yo‘qotish esa Manas navida kuzatildi. Tadqiqot natijalari “Fresh-Forma 2N-01-05” preparati bilan ishlov berilgan piyoz mahsulotlarining saqlanish jarayonida tabiiy vazn kamayishini baholash hamda turli navlarning saqlanish xususiyatlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot ishlari davom etmoqda va keyingi bosqichlarda saqlash jarayonining yakuniy natijalari ham tahlil qilinadi.

piyoz, saqlash, Fresh-Forma 2N-01-05, fumigatsiya, tabiiy vazn kamayishi, saqlash jarayoni, piyoz navlari, vazn yo‘qotish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.