Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 7-son (2026) · 52–56-betlar
YURAK TRANSPLANTATSIYASIDA BEMOR TANLASH, DONOR BAHOLASH VA IMMUNOLOGIK RISKNI BOSHQARISH
Zayniddinov, Alijon, A’zamova, Farzona, Ismoilova, Shabnam
DOI: 10.5281/zenodo.20155746 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Yurak transplantatsiyasi refrakter yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda hayot davomiyligini uzaytiruvchi va mortalitetni kamaytiruvchi eng samarali davolash usullaridan biridir. Ushbu maqolada zamonaviy ilmiy adabiyotlar asosida yurak transplantatsiyasida bemor tanlash mezonlari, donor yurakni baholash tamoyillari hamda immunologik moslikni aniqlash mexanizmlari keng tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari transplantatsiya muvaffaqiyati bemorning klinik holati, donor yurakning funksional va struktur sifati, shuningdek, retsipientdagi HLA-antitelalar darajasi bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yuqori cPRA ko‘rsatkichlari sensitizatsiyaning kuchli ifodasi bo‘lib, donor topish ehtimolini kamaytiradi va antitela vositasidagi rad etish (AMR) xavfini oshiradi. Shu sababli transplantatsiya qarori kompleks klinik, immunologik va prognostik omillarni hisobga olgan holda individual yondashuv asosida qabul qilinishi zarur.
yurak transplantatsiyasi, NYHA III–IV, refrakter yurak yetishmovchiligi, HLA, cPRA, crossmatch, AMR, desensibilizatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.