Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 8-son (2026) · 21–24-betlar

ANATOMIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARNING SAMARADORLIGI

Abdunazarova, Zulayxo, Choriyeva, Hosila

DOI: 10.5281/zenodo.20485278 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada anatomiya fanini o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning nazariy-metodologik asoslari, didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim samaradorligini oshirishdagi pedagogik ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Hozirgi globallashuv va raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda ta’lim tizimiga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, anatomiya fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning biologik bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi, inson organizmi tuzilishi va fiziologik jarayonlarni ilmiy asosda anglashida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada anatomiya fanining murakkab va ko‘p tarmoqli xususiyatidan kelib chiqib, interfaol metodlarning nazariy va amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Shuningdek, interfaol metodlarning o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy tafakkurni rivojlantirishdagi roli, mustaqil ta’lim olish kompetensiyasini shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari ham batafsil tahlil etilgan. 

“Aqliy hujum”, “Klaster”, “BBB”, “Insert”, “Case-study”, “Muammoli ta’lim”, “Rollli o‘yinlar”, “Bahs-munozara”, “FSMU”,

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.