Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 8-son (2026) · 25–27-betlar
ISHEMIK INSULTDAN KEYINGI AFFEKTIV VA AFATIK BUZILISHLARNI BARTARAF ETISHDA BIOAKUSTIK NEYROMODULYATSIYA USULINING SAMARADORLIGI
Muradimova, Alfiya
DOI: 10.5281/zenodo.20485499 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tezisda ishemik insultdan keyingi affektiv va afatik buzilishlarni bartaraf etishda bioakustik neyromodulyatsiya usulining samaradorligi yoritiladi. Insultdan keyingi depressiya, xavotir, emotsional labillik hamda nutq buzilishlari bemorlarning ijtimoiy moslashuvi, reabilitatsiya jarayonidagi faolligi va hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bioakustik neyromodulyatsiya markaziy asab tizimining funksional faolligini tartibga solish, neyroplastiklik jarayonlarini rag‘batlantirish va psixoemotsional holatni barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan zamonaviy noinvaziv reabilitatsion yondashuv sifatida baholanadi. Ushbu usulni kompleks neyroreabilitatsiya dasturlariga kiritish insultdan keyingi affektiv simptomlarni kamaytirish, nutq funksiyalarini tiklash va bemorlarning umumiy klinik holatini yaxshilashda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
ishemik insult, affektiv buzilishlar, afatik buzilishlar, bioakustik neyromodulyatsiya, neyroreabilitatsiya, neyroplastiklik, postinsult depressiya, nutq tiklanishi, psixoemotsional holat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.