Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 8-son (2026) · 38–40-betlar

O’SIMLIK EKSTRAKTI ASOSIDA “YASHIL SINTEZ” USULIDA OLINGAN KUMUSH VA OLTIN NANOPARRACHALARINING SARATON HUJAYRALARIGA INVITRO SHAROITDA SITOTOKSIK TA’SIRINI BAHOLASH

Sirojiddinova, Sevinch, Abdullayeva, Yulduz

DOI: 10.5281/zenodo.20520933 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda mahalliy oʻsimlik ekstraktidan foydalangan holda kumush (AgNPs) va oltin (AuNPs) nanoparrachalarini ekologik xavfsiz "yashil sintez" (Green Synthesis) usulida olish va ularning saraton hujayralariga sitotoksik taʼsirini in vitro sharoitda baholash oʻrganildi. Nanoparrachalarning shakllanishi UV-Vis spektroskopiyasi, FTIR va elektron mikroskopiya (SEM/TEM) yordamida tahlil qilindi. Sintezlangan nanoparrachalarning saraton hujayralari hayotchanligiga taʼsiri MTT testi yordamida aniqlandi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, yashil sintez yoʻli bilan olingan nanotizimlar konsentratsiyaga bogʻliq ravishda saraton hujayralarining oʻsishini ingibirlaydi va kelajakda onkologiyada maqsadli yetkazib berish tizimlari uchun muqobil dori vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin.

Yashil sintez, kumush nanoparrachalari, oltin nanoparrachalari, sitotoksiklik, MTT testi, in vitro.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.