Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 9-son (2026) · 14–18-betlar

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI XULQI OG‘ISHGAN YOSHLAR BILAN ISHLASHGA TAYYORLASHDA SUGGESTIV PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI

Shermatova, Manzura

DOI: 10.5281/zenodo.20628152 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni xulqi og‘ishgan yoshlar bilan ishlashga tayyorlash jarayonida suggestiv pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-nazariy va uslubiy asoslari tahlil qilinadi. Xulqi og‘ishgan yoshlar bilan ishlashda o‘qituvchining shaxsga ijobiy ruhiy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish, ishonchli muloqot o‘rnatish, ichki motivatsiyani uyg‘otish, o‘z-o‘zini anglash va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga oid kasbiy tayyorgarligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, suggestiv pedagogik texnologiyalarning tarbiyaviy muloqot, ijobiy psixologik ta’sir, ishontirish, ruhlantirish, emotsional qo‘llab-quvvatlash, o‘ziga ishonchni shakllantirish va xulq-atvorni ijtimoiy maqbul yo‘nalishga qayta yo‘naltirishdagi imkoniyatlari ilmiy asoslanadi.

bo‘lajak o‘qituvchi, xulqi og‘ishgan yoshlar, suggestiv pedagogik texnologiya, qayta ijtimoiylashtirish, pedagogik ta’sir, ijtimoiy-pedagogik kompetensiya, deviant xulq, korreksiya, profilaktika, tarbiyaviy muloqot.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.