Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 4-son (2026) · 61–62-betlar

ZANJABIL (ZINGIBER OFFICINALE) ILDIZPOYASI VA TEMIRTIKAN (TRIBULUS TERRESTRIS L.) YER USTKI QISMIDAN TAYYORLANGAN ADAPTOGEN DAMLAMANING JISMONIY CHIDAMLILIKKA TA’SIRINI O’RGANISH

Masharipova, F. F., Tulyaganov, . S.

DOI: 10.5281/zenodo.19230359 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Hozirgi kunda stress, jismoniy va ruhiy zo‘riqish, immunitetning pasayishi bilan bog‘liq holatlar keng tarqalmoqda. Sintetik stimulyatorlar ko‘plab nojo‘ya ta’sirlarga ega bo‘lgani sababli, tabiiy kelib chiqishga ega adaptogen vositalar yaratish farmatsevtika sohasining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Zanjabil (Zingiber officinale) yallig‘lanishga qarshi, antioksidant va tonik xususiyatlarga ega bo‘lsa, temirtikan (Tribulus terrestris) organizmning umumiy chidamliligini oshiruvchi, immunomodulyator va energiya almashinuvini faollashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu o‘simliklar kombinatsiyasining adaptogen xususiyatlarini ilmiy asosda o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.