Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 9-son (2026) · 34–35-betlar

KALANCHOE DAIGREMONTIANA O’SIMLIGI ASOSIDA SUYUQ EKSTRAKT OLISH USULINI ISHLAB CHIQISH

Hayitboyeva, Sh.Q., Toshtemirova, Ch.T.

DOI: 10.5281/zenodo.20665711 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Dorivor o‘simliklar asosida yaratilgan dori vositalari kam zaharliligi, organizm tomonidan yaxshi o‘zlashtirilishi, uzoq muddat qo‘llash imkoniyati va nojo‘ya ta’sirlarining nisbatan kamligi bilan ajralib turadi. Shu sababli ulardan tibbiyot amaliyotida foydalanishga bo‘lgan qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, Kalanchoe daigremontiana o‘simligi xalq tabobatida keng qo‘llanilib, uning barglari yara bitkazuvchi, yallig‘lanishga qarshi, mikroblarga qarshi, immunomodulyator hamda regeneratsion xususiyatlarga ega ekanligi qayd etilgan. Ushbu o‘simlik tarkibida flavonoidlar, fenol birikmalar, organik kislotalar, polisaxaridlar, vitaminlar va boshqa biologik faol moddalar mavjud bo‘lib, ular o‘simlikning farmakologik faolligini ta’minlaydi. Dorivor o’simlik tarkibidagi biologik faol moddalarni turli erituvchilar yordamida ekstraksiya qilish hamda biologik faol moddalarni o‘rganish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Kalanchoe daigremontiana, yara bitkazuvchi, biologik faol birikmalar, ekstrakt, tozalangan suv, etanol, organoleptik, flavanoid, masteratsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.