Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 9-son (2026) · 48–52-betlar
UGLEVODORODLARNING TUPROQNING FIZIK-KIMYOVIY VA BIOLOGIK XOSSALARIGA TA’SIRI: DUNYO TAJRIBALARI
Pardayeva, Asalxon, Abdraxmanov, Toxtasin
DOI: 10.5281/zenodo.20697694 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada uglevodorodlar bilan ifloslanishning tuproqning fizik-kimyoviy va biologik xossalariga ta'siri bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar tahlil qilingan. Adabiyotlar ma'lumotlari asosida neft uglevodorodlarining tuproq muhiti reaksiyasi, organik modda miqdori, oziqa elementlari, suv-fizik xossalari hamda mikroorganizmlar faoliyatiga ta'siri yoritilgan. Tadqiqotlar natijasida uglevodorodlar bilan ifloslanish tuproq unumdorligini pasaytirishi, oziqa elementlari aylanishini buzishi va mikrobiologik jarayonlarni o‘zgartirishi aniqlangan. Shuningdek, neft bilan ifloslangan tuproqlarni biologik tiklash usullarining ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
uglevodorodlar, neft bilan ifloslanish, tuproq xossalari, mikroorganizmlar, fizik-kimyoviy xossalar, biologik faollik, tuproq unumdorligi, bioremediatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.