Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 9-son (2026) · 80–82-betlar
QATTIQ BUG‘DOY BIOLOGIYASI VA UNING AGRONOMIK AHAMIYATI
Shodiyeva, Feruzabonu, Gʻaybullayev, Gʻ.S.
DOI: 10.5281/zenodo.20759791 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada qattiq bug‘doy (Triticum durum Desf.)ning biologik xususiyatlari, morfologik tuzilishi, o‘sish va rivojlanish bosqichlari, ekologik talablari hamda qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati yoritilgan. Qattiq bug‘doy dunyo donchiligida muhim o‘rin egallab, makaron va yorma mahsulotlari ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo hisoblanadi. O‘simlikning ildiz tizimi, poyasi, barglari, boshoq va donining biologik xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, uning harorat, namlik va tuproq sharoitlariga bo‘lgan talablari hamda hosildorlikka ta’sir etuvchi omillar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari qattiq bug‘doy yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish va yuqori hosil olishda biologik bilimlarning muhimligini ko‘rsatadi.
qattiq bug‘doy, Triticum durum, biologiya, morfologiya, boshoqli ekinlar, ildiz tizimi, don, hosildorlik, vegetatsiya davri, agronomiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.