Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 11-son (2026) · 48–49-betlar

QORA SEDANANING DORIVOR XUSUSIYATLARI VA KELIB CHIQISH TARIXI

Umurzakova, Nargiza

DOI: 10.5281/zenodo.21466555 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Qora sedana (Nigella sativa L.) Ranunculaceae oilasiga mansub bir yillik dorivor va ziravor o‘simlik bo‘lib, insoniyat tomonidan qadim zamonlardan buyon oziq-ovqat, xalq tabobati hamda davolash amaliyotida qo‘llanib kelinadi. Arxeologik va tarixiy manbalarga ko‘ra, ushbu o‘simlikning vatani Janubi-g‘arbiy Osiyo va O‘rta Yer dengizi havzasi hisoblanadi. Qadimgi Misr fir'avnlari qabrlari, jumladan Tutanxamon maqbarasidan qora sedana urug‘larining topilgani uning bundan uch ming yildan ortiq vaqt davomida dorivor o‘simlik sifatida qadrlanganligini ko‘rsatadi. Keyinchalik u Yaqin Sharq, Hindiston, Pokiston, Markaziy Osiyo hamda Yevropa mamlakatlariga tarqalib, turli agroiqlim sharoitlariga muvaffaqiyatli moslashgan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.