Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 11-son (2026) · 50–51-betlar
HAYOTNING DAVOMIYLIGI TABIAT BILAN UYG'UNLIKDA
Baratova, Parizod
DOI: 10.5281/zenodo.21507772 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Tabiat shunday bag'ri keng, sahovatli va himmatliki, u o'ziga nisbatan qilingan har qanday shafqatsizlikni, hurmatsizlikni bag'rida saqlab kelmoqda. Lekin, unga nisbatan bo'lgan bu nohaqliklarga javoban tabiatning o'ch olishi muqarrardir. Chunki, bugungi kunda bunday munosabatlarning ta'siri yangicha ekologik muammolar ko'rinishida insonlar hayotiga va butun tiriklik dunyosi hayotiga tahlika solmoqda. Jumladan, havo haroratining ko'tarilishi, ozon qatlamining siyraklashuvi, toza suv tanqisligi, dunyo okeanining ifloslanishi, cho'llashish jarayoni, tuproq eroziyasi, tabiiy boyliklarning kamayib borishi va boshqa sabablar oqibatida iqtisodiy-ijtimoiy va ma'naviy muammolar kelib chiqmoqda. Ayniqsa, joriy yilda sayyoramizning ko'pgina mamlakatlarida suv toshqinlari, to'fonlar, o'rmonlarga o't ketishi kabi salbiy holatlar ko'p kuzatilmoqda. Ayni kunda tabiat yaratgan jamiki jonzot toza havoga, zilol suvlarga, mehr-shafqatga muhtoj bo'lib qoldi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.